SUN'IY INTELLEKTGA NISBATAN HISSIY QARAMLIKNING PSIXOLOGIK MAZMUNI VA ILMIY-NAZARIY YONDASHUVLARI
Authors/Creators
Description
Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalarining shaxs psixologiyasi, emotsional farovonligi, motivatsiyasi, ijtimoiy munosabatlari hamda xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tadqiqotlarda sun’iy intellekt bilan doimiy muloqot qilish natijasida ayrim foydalanuvchilarda texnologiyaga nisbatan ishonchning ortishi, hissiy tayanch sifatida qabul qilinishi, yolg‘izlik hissining vaqtinchalik kamayishi, biroq real ijtimoiy munosabatlarga ehtiyojning pasayishi va emotsional qaramlikning kuchayishi kuzatilayotgani ta’kidlanmoqda.