Published August 5, 2026 | Version v1

SAKLARNING KULOLCHILIK, TO'QIMACHILIK VA SUYAK O'YMAKORLIGI SAN'ATI

  • 1. Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar fakulteti

Description

Mazkur maqolada miloddan avvalgi VII–III asrlarda O'rta Osiyo hududida yashagan sak qabilalarining moddiy madaniyatining uchta muhim sohasi — kulolchilik, to'qimachilik va suyak o'ymakorligi san'ati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Issiq qo'rg'oni, Pazirik dafn majmualari, Uyg'arak, Tagisken va Berel yodgorliklaridan topilgan arxeologik materiallar, shuningdek, ko'plab mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy tadqiqotlari sintez qilinadi. Saklarning hunarmandchiligi nafaqat utilitar xarakterga ega bo'lgan, balki yuqori darajadagi badiiy va ramziy mazmun kasb etgan, ko'chmanchi va o'troq xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalarni aks ettiruvchi muhim manba ekanligi asoslab beriladi. Maqolada «skif-sibir hayvon uslubi»ning shakllanishi va sak hunarmandchiligida uning o'ziga xos namoyon bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Files

saklarning-kulolchilik-toqimachilik-va-suyak-oymakorligi-sanati.pdf

Files (98.3 kB)