Published August 5, 2026 | Version v1

LINGVOEKOLOGIYANING EPISTEMOLOGIK ASOSLARI: TIL, ONG VA MUHIT TRIADASI

  • 1. Urganch davlat universiteti

Description

Ushbu maqolada lingvoekologiyaning epistemologik asoslari til, ong va muhit uch tomonlama munosabati (triadasi) nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Til bilishning vositasi, ong bilishning subyekti va muhit bilishning konteksti sifatida ko'rib chiqiladi hamda ushbu uch unsurning o'zaro dialektik bog'liqligi asosida lingvoekologik bilimning shakllanish mexanizmi izohlanadi. Tadqiqotda ekolingvistika, kognitiv tilshunoslik va falsafiy epistemologiya yutuqlari sintez qilingan holda yaxlit nazariy model taklif etiladi.

Files

lingvoekologiyaning-epistemologik-asoslari-til-ong-va-muhit-triadasi.pdf

Files (140.8 kB)