Published June 26, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
Oqchangal (Nitraria turkumi) ikkilamchi metabolitlarining tuzilishi va fiziologik hossalari
Authors/Creators
- 1. Farg'ona davlat universiteti, tayanch doktoranti
- 2. Farg'ona davlat universiteti
Description
Nitraria turkumi butalarining yer yuzida 13 turi mavjud. Ular Osiyo, Yevropa, Avstraliya mintaqalarida keng tarqalgan. Adabiyot taxlili shuni ko'rsatadiki, strukturaviy jixatdan mutlaqo yangi bo'lgan alkaloidlar o'ziga hos farmakologik ta'sir namoyon qiladi. Bizning izlanishlarimiz maqsadi Farg'ona viloyati Qo'shtepa chol zonasida o'sadigan avval batafsil o'rganilmagan N. schoberi turkumi kimyoviy tarkibi va biologik faolligini o'rganishdan iborat. Mazkur maqolada N. schoberining kimyoviy tadqiqi bosqichlari, oqchangal ayrim alkaloidlarining strukturalari, alkaloidlar va ularning bir qator analoglari va ularning hususiyatlari batafsil ko'rib chiqilgan.