Published July 31, 2026 | Version v1

VALSARTAN VA KOENZIM Q10 ASOSIDAGI «COVALIS» KAPSULALARINING SIFAT KO'RSATKICHLARINI ANIQLASH

Description

Arterial gipertenziya va yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyoda nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasalliklarni davolashda antigipertenziv ta’sir bilan bir qatorda oksidlovchi stressni kamaytirish va miokardning funksional holatini yaxshilashga qaratilgan kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, valsartan va koenzim Q10 kombinatsiyasi antigipertenziv, kardioprotektor hamda antioksidant ta’sirlarni birlashtirgan istiqbolli dori vositasi hisoblanadi. Mazkur kombinatsiya asosida yaratilgan «CoValis» kapsulalarining farmakopeya talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlarini baholash, ularning barqarorligi, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash zamonaviy farmasevtik texnologiya va dori vositalari sifat nazoratining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Files

ZDTF 1122.pdf

Files (227.4 kB)

Name Size
md5:daeb944050325862ebb476c4c785f28a
227.4 kB Preview Download