Published July 30, 2026 | Version v1

AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHDA BANK KREDITLARINING O'RNI

Description

Mazkur maqolada aholi bandligini ta’minlashda bank kreditlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar, oilaviy tadbirkorlik subyektlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini kengaytirish hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, kredit mablag‘laridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi foiz stavkalari, kredit ta’minoti, moliyaviy savodxonlik, biznes loyihalarning barqarorligi va kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kabi omillar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida bandlikka yo‘naltirilgan kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, imtiyozli moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish, kredit ajratishda hududiy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olish hamda kredit oluvchilarga maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

438-447.pdf

Files (676.9 kB)

Name Size Download all
md5:a26aee5d3dda545c732431b5486ead0d
676.9 kB Preview Download