Published July 30, 2026 | Version v1

FIZIKA DARSLARIDA PASKAL VA ARXIMED QONUNLARINI TAJRIBA ASOSIDA O'QITISH METODIKASI

Description

Fizika fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar bilan bog‘lash o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, suyuqliklar mexanikasiga oid Paskal va Arximed qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra tajriba orqali osonroq anglashiladigan mavzulardandir. Mazkur maqolada ushbu qonunlarni tajriba asosida o‘qitishning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi hamda dars jarayonida oddiy laboratoriya jihozlari yordamida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, tajribalarni tashkil etishda o‘quvchilarning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada keltirilgan metodik tavsiyalar umumta'lim maktablari va akademik litseylar fizika darslarini tashkil etishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

Files

429-433.pdf

Files (633.7 kB)

Name Size Download all
md5:adb8bdc62c9a3767a801a0bbed20a0f5
633.7 kB Preview Download