Published July 25, 2026 | Version v1

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI BANKLAR TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASHNI TAKOMILLASHTIRISH ("HAMKORBANK" ATB MISOLIDA)

Description

Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tijorat banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy mazmuni, amaldagi mexanizmlari hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari “Hamkorbank” ATB faoliyati misolida o‘rganilgan.

Tadqiqotda kichik biznesni kreditlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit risklarini baholash, imtiyozli moliyalashtirish, raqamli bank xizmatlari va tadbirkorlarga maslahat ko‘rsatish tizimining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanishida uchraydigan yuqori foiz stavkalari, ta’minot yetishmasligi, kredit olish jarayonining murakkabligi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi kabi muammolar yoritilgan. Tahlil natijasida kichik biznesni moliyalashtirishda individual yondashuvni kuchaytirish, muqobil kredit baholash tizimlarini joriy etish, masofaviy xizmatlarni rivojlantirish, kredit mahsulotlarini diversifikatsiya qilish hamda bank va tadbirkor o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Files

316-326.pdf

Files (680.6 kB)

Name Size Download all
md5:cd6ae1de49e5b77e98d5004368a29eb7
680.6 kB Preview Download