IQTIDORLI YOSHLAR INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINING AHAMIYATI ("PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI" TASHABBUSI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Zamonaviy iqtisodiyotda mamlakatlar raqobatbardoshligi intellektual salohiyat bilan belgilanmoqda, inson kapitalining eng istiqbolli qatlami esa iqtidorli yoshlardir. Bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni bilan yoʻlga qoʻyilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi alohida oʻrin tutadi: u iqtidorli yoshlar bilan ishlashning butun zanjirini, saralashdan bitiruvchilar hamjamiyatgacha, yagona hujjat doirasida tartibga soladi. Tashabbus endigina joriy etilayotgan hozirgi bosqichda uning integratsiyalashgan boshqaruv arxitekturasini ilmiy jihatdan tahlil qilish alohida dolzarblik kasb etadi: tizim shakllanish pallasida ekan, uning kuchli va zaif jihatlarini erta aniqlash keyingi bosqichlarda samaradorlikni belgilaydi.