Published July 20, 2026 | Version v1

BUXORO SHEVALARIDA MORFONOLOGIK O'ZGARISHLARNING TIZIMLI TAVSIFI VA ULARNING OG'ZAKI NUTQDA NAMOYON BO'LISHI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada Buxoro shevalarida uchraydigan morfonologik 
o‘zgarishlarning tizimli tavsifi beriladi hamda ularning og‘zaki nutqda namoyon bo‘lish 
xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fonetik va morfologik sathlar kesishgan nuqtada 
yuzaga keladigan hodisalar, xususan, tovush almashinuvi, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, 
eliziya va affiksatsiya jarayonidagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Shuningdek, morfonologik 
birliklarning nutq jarayonidagi funksional yuklamasi hamda ularning dialektal xususiyatlari 
misollar asosida ochib beriladi. Buxoro shevalariga xos bo‘lgan o‘ziga xos variantlar 
og‘zaki nutq materiallari orqali izohlanadi va tizimlashtiriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek 
tilshunosligida morfonologiya sohasini yanada boyitishga hamda dialektologik tadqiqotlar 
uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Files

Asatullayeva Dilnavoz.pdf

Files (347.8 kB)

Name Size Download all
md5:3c686a00b7f2483460fa7bb94e0f9bd5
347.8 kB Preview Download