Ruhiy salomatlikni mustahkamlashda psixologik treninglarning ahamiyati.
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada ruhiy salomatlikni mustahkamlashda psixologik treninglarning nazariy va amaliy ahamiyati
haqida ma’lumotlar keltirilib, tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda shaxsning ruhiy barqarorligini ta’minlash, stressga
chidamliligini oshirish, emotsional intellektni rivojlantirish hamda shaxslararo munosabatlarni takomillashtirishda psixologik
treninglar samarali vosita hisoblanadi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, qiyosiy tahlil va
umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar psixologik treninglar ishtirokchilarning emotsional holatini yaxshilashi,
tashvish va zo‘riqish darajasini kamaytirishi, muloqot ko‘nikmalari hamda o‘z-o‘zini boshqarish kompetensiyalarini rivojlantirishini
ko‘rsatadi. O‘tkazilgan treninglar barcha ishtirokchilar uchun foydali ekanligi aniqlandi