BOJXONA SIYOSATINING IQTISODIYOTNI MONETAR TARTIBGA SOLISH MEXANIZMIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada bojxona siyosatining iqtisodiyotni monetar tartibga solish mexanizmidagi o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Bojxona tariflari, bojxona to‘lovlari va imtiyozlarining import hajmi, ichki narxlar darajasi, inflyatsiya, milliy valyuta kursi hamda tashqi savdo balansiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, bojxona siyosati bilan pul-kredit siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, ularni muvofiqlashtirish makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi asoslangan. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida bojxona tariflarining o‘zgarishi import narxlari orqali inflyatsion jarayonlarga, xorijiy valyutaga talab va milliy valyuta kursiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqolada bojxona va monetar siyosatni uyg‘unlashtirish, tarif qarorlarining iqtisodiy oqibatlarini oldindan baholash hamda bojxona tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.