RАQАMLI TRАNSFОRMАTSIYА SHАRОITIDА ОLIY TА'LIM SIFАTINI BОSHQАRISH MEXАNIZMINI TАKОMILLАSHTIRISH
Authors/Creators
Description
Аnnоtаtsiyа. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida
oliy ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha
yoritilgan. Maqolada oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ta’lim
jarayonini samarali boshqarish, monitoring va baholash tizimlarini modernizatsiya
qilish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar
tahlil qilingan.
Raqamli platformalar, elektron ta’lim tizimlari, katta ma’lumotlar analitikasi,
sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalardan foydalanish orqali ta’lim jarayonining
shaffofligini ta’minlash, boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va talabalar
bilimini real vaqt rejimida baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda
xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlariga asoslanilgan holda tizimli
yondashuv, empirik usullar va modellashtirishdan foydalanilgan.
Files
Nurmuxamedova D.pdf
Additional details
Identifiers
- ISSN
- 3060-5474
Dates
- Accepted
-
2026-04-28