QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Annotatsiya. Mazkur maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasini
takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv va
raqobat kuchayib borayotgan sharoitda qurilish sanoati korxonalarida
innovatsiyalarni joriy etish, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda innovatsion faoliyatning nazariy asoslari, uning
iqtisodiy mohiyati hamda ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri chuqur
o‘rganilgan. Maqolada korxonalarda innovatsion jarayonlarni baholashning mavjud
metodologiyalari tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari aniqlangan. Shu
asosda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun moslashtirilgan,
zamonaviy talablarni inobatga oluvchi yangi metodologik yondashuvlar taklif
etilgan. Xususan, innovatsion faoliyat samaradorligini aniqlashda iqtisodiy,
texnologik va tashkiliy omillarni kompleks baholash tizimi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish
korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi va
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Files
Kurbanova Sh.pdf
Additional details
Dates
- Accepted
-
2026-04-28