Yuqori sinf o'quvchilarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda veb-resurslardan foydalanishning metodik asoslari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda
veb-resurslardan foydalanishning metodik asoslari yoritilgan. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida zamonaviy veb-platformalar,
onlayn ta’lim vositalari va interaktiv resurslarning ingliz tili darslari samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy
jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, kommunikativ yondashuv asosida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda veb-resurslardan foydalanishning samarali metodlari hamda ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari
bayon etilgan. Tadqiqot natijalari veb-resurslardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning kommunikativ faolligini,
mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini va ingliz tilidagi nutq faoliyatini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatadi