Published July 9, 2026 | Version v1

BO'LAJAK TARBIYACHILARNING REFLEKSIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI

Authors/Creators

  • 1. Navoiy davlat universiteti

Description

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning refleksiv qobiliyatlarini
rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalari yoritilgan. Tadqiqot
davomida refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus trening dasturining
samaradorligi eksperimental jihatdan tekshirildi. Natijalar tahlili situativ, retrospektiv va
perspektiv refleksiya, shuningdek, tizimli refleksiya, introspeksiya va kvazirefleksiya
ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganligini ko‘rsatdi. Tajriba guruhi
ishtirokchilarida refleksiv qobiliyatlarning rivojlanish dinamikasi nazorat guruhi
ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari
refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik-pedagogik treninglarning
bo‘lajak tarbiyachilarning o‘zini anglash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va
kasbiy rivojlanishni rejalashtirish ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi samaradorligini
tasdiqladi.

Files

Qoʻqon_DPI_ilmiy_xabarlari_2026_yil_6_soni_iyun_C_seriya.pdf

Files (2.2 MB)

Name Size
md5:26e226f0ee085bfb0886f3da8e168335
2.2 MB Preview Download