Published July 9, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
SO'Z VA TASAVVUR BOG'LIQLIGI: IMLO O'QITISHDA ASSOTSIATIV YONDASHUV
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada o‘quvchilarning imlo savodxonligini
rivojlantirishda assotsiativ usulning o‘rni, uning psixologik-pedagogik asoslari va
amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Assotsiatsiya orqali so‘zlar, obrazlar va hodisalar
o‘rtasida bog‘lanishlar hosil qilish orqali o‘quvchining yozma nutqdagi imlo
ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatlarini tahlil qiladi. Jon Lokk, D.Yyum, I.P.
Pavlov, L.S. Vygotskiy kabi olimlarning fikrlari asosida uslubiy asoslar bayon etilgan.
Shuningdek, Richards, Rodgers va Brownlarning ta’limiy qarashlari asosida metodik
tavsiyalar berilgan. Maqolada imlo mashqlari uchun assotsiativ metodga asoslangan
samarali topshiriqlar, interaktiv texnologiyalar bilan uyg‘un ishlash g‘oyalari
keltirilgan. Tajriba natijalari bu yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, xotirasi,
diqqatini rivojlantirishda ham foydali ekanini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, assotsiativ
yondashuv imlo o‘rgatishda ijodiy va individual yondashuvning muhim metodlaridan
biri sifatida e’tirof etiladi.