MEHNAT BOZORIDA KASBIY TA'LIM VA MALAKANI OSHIRISH ORQALI ISH BILAN TA'MINLASH STRATEGIYALARI
Authors/Creators
Description
Inson kapitalini rivojlantirish masalasi bugungi globallashuv davrida har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jahon iqtisodiyoti bilim va innovatsiyalarga asoslangan bosqichga oʻtayotgan bir paytda, mamlakatning raqobatbardoshligi uning tabiiy resurslari bilan emas, balki aholisining intellektual salohiyati va malakasi bilan belgilanmoqda. Shu bilan birga, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining jadal rivojlanishi mehnat bozorida tub oʻzgarishlarni yuzaga keltirib, an'anaviy kasblarning qisqarishiga va yangi, yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojning keskin oshishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa ishchi kuchining doimiy ravishda qayta tayyorlanishi va oʻz bilimlarini yangilab borishini taqozo etadi.