SUN'IY INTELLEKTNING TA'LIM VA MEHNAT BOZORIGA TA'SIRI
Authors/Creators
Description
Maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta'lim tizimi va mehnat bozoriga koʻrsatayotgan ta'siri tahlil qilingan. Sun'iy intellektning ta'lim jarayonlarini individuallashtirish, oʻqitish sifatini oshirish, shuningdek yangi kasblar paydo boʻlishi va an'anaviy kasblarning transformatsiyalanishiga ta'siri koʻrib chiqilgan. Shuningdek, sun'iy intellekt sharoitida ishchi kuchi malakasini oshirish, qayta tayyorlash zarurati hamda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yoritilgan. Maqola yakunida sun'iy intellekt davrida ta'lim va mehnat bozorini muvofiqlashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.