OLTINSOY TUMANIDAGI XO'JA HASAN ILG'ORIY, QIYIQ OTA VA XO'JAG'OR OTA ZIYORATGOHLARINING TARIXIY-ETNOGRAFIK XUSUSIYATLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida joylashgan Xo‘ja Hasan Ilg‘oriy (Kaptarxona), Qiyiq ota (Kiyik ota) va Xo‘jag‘or ota (Avliyoxon eshon) ziyoratgohlarining tarixiy shakllanishi, ular bilan bog‘liq xalq rivoyatlari, diniy e’tiqodlar hamda etnografik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mahalliy og‘zaki manbalar, rivoyatlar va dala materiallari asosida mazkur qadamjolarning voha aholisi ma’naviy hayotidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ziyoratgohlar bilan bog‘liq urf-odatlar, ziyorat marosimlari va xalq e’tiqodlarining shakllanish omillari ilmiy nuqtai nazardan baholangan. Tadqiqot natijalari Oltinsoy tumanidagi muqaddas qadamjolar nafaqat diniy ziyorat maskanlari, balki hududning tarixiy xotirasi, etnomadaniy merosi va nomoddiy madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy-etnografik obyektlar ekanligini ko‘rsatadi.
Files
55-59.pdf
Files
(612.1 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:59c9b9de6b4941fbff1eddd51c2bccf3
|
612.1 kB | Preview Download |