Published July 3, 2026 | Version v1

MARKAZIY BANKNING MONETAR SIYOSATI INSTRUMENTLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Description

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan monetar siyosat instrumentlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosiy stavka, foiz koridori, ochiq bozor operatsiyalari, likvidlikni sterilizatsiya qilish vositalari, majburiy zaxira talablari hamda kommunikatsion siyosatning inflyatsiya, pul bozori foiz stavkalari, banklar likvidligi, depozitlar va kreditlash hajmiga ta’siri baholanadi.

Tahlil 2021–2025-yillar ma’lumotlari hamda 2026-yil birinchi chorakdagi pul bozori ko‘rsatkichlariga asoslandi. Natijalar asosiy stavka va ochiq bozor operatsiyalari pul bozori stavkalarini Markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichiga yaqinlashtirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, kreditlash, ayniqsa iste’mol kreditlari yuqori sur’atda o‘sishda davom etayotgani monetar transmissiya mexanizmi to‘liq shakllanib ulgurmaganini bildiradi. Maqolada monetar siyosat instrumentlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Files

5-17.pdf

Files (690.7 kB)

Name Size Download all
md5:7311c00ab36d24ecc78a4ea78e5b838f
690.7 kB Preview Download