Published July 2, 2026 | Version v2

HUDUDLARDA GEOTURIZM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI

Description

Bugungi kunda jahon turizm industriyasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash va hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan turizm yo‘nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, geoturizm zamonaviy turizmning innovatsion va barqaror shakllaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Geoturizm nafaqat hududlarning geologik va geomorfologik obyektlarini turistik resurs sifatida foydalanishga xizmat qiladi, balki tabiiy merosni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va mahalliy iqtisodiyotni faollashtirishda muhim omil hisoblanadi. Uzbekistan geologik landshaftlar, cho‘l hududlari, tog‘ tizimlari, qadimiy tabiiy yodgorliklar va noyob geomorfologik obyektlarga boy bo‘lishiga qaramasdan, geoturizm salohiyatidan foydalanish darajasi yetarli emas. Ayniqsa, turistik marshrutlar, ilmiy-ekskursion dasturlar va infratuzilma tizimlarining cheklanganligi mazkur yo‘nalishning raqobatbardoshligini pasaytirmoqda.

Files

1(79).pdf

Files (532.6 kB)

Name Size
md5:42476f8a977bcc03f134615e68d6a41b
532.6 kB Preview Download