Published December 22, 2025 | Version v1

Geologik muhitda ro'y beradigan deformatsiyalar turlari va ularni keltirib chiqaradigan elementar geodinamik vaziyatlar to'g'risida

Description

Geologik muhitning kuchlanish-deformatsiyalanish holatini oʻrganishga 
koʻplab ilmiy maqolalar bagʻishlangan. Buning 
asosiy sabablaridan – burmalar va yer yoriqlarining, qolaversa, barcha tektonik harakatlarining kelib chiqishi, ta’sir qilayotgan kuchlarining va ular sodir etayotgan geodinamik vaziyatlarni oʻrganish dolzarbligidan kelib chiqadi. 
Darhaqiqat, oxirgi 20-30 yillarda hududlarning 
geodinamikasiga bagʻishlangan e’lon qilingan 
ilmiy ishlar soni koʻpaygan. Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, koʻplab asarlarda «geodinamika» atamasini «plitalar» tektonikasi bilan bogʻlangan tarzda foydalaniladi. Aslida esa 
«geodinamika» atamasining kelib chiqishi va 
mazmun-mohiyati ancha kenroq. Biz bu masalaning ta’rifini bir necha bor anjuman ma’ruzalarida 
keltirgan edik [1, 2]. Bu yerda batafsil yoritmasdan faqat qisqacha eslatib oʻtishni joiz deb bildik. 
«Geodinamika» atamasining ilk bor ishlatilishi italiyalik astronom J. Skinnarelli tomonidan 
1859 yilda Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasida o’qigan ma’ruzalarida amalga oshirilgan 
edi [3]. Keyinchalik ingliz geofizigi A. Lyavning 
(1911) «Geodinamikaning ayrim muammolari» 
monografiyasi paydo bo’lgan, unda Yerning mexanik xususiyatlari toʻgʻrisidagi turli gipotezalar, 
shuningdek, Yerning toʻlqinli deformatsiyalari, 
uning oʻz tebranishlari va boshqalar kabi hodisalar tasvirlangan. 
Geologik muhitda sodir boʻlayotgan tektonik 
xarakatlar va deformatsiyalarni, ularni vujudga 
kelishiga sababchi boʻlgan kuchlar va kuchlanish maydonlarini oʻrganish «tektonofizika» 
vazifalariga kiradi. Geotektonika va fizika tutashida paydo boʻlgan bu fan yoʻnalishining oʻziga 
xos atamalari va tushunchalari bor. Bular togʻ 
jinslarining deformatsion xusuiyatlari, ularning qayishqoqligi, qovushqoqligi, plastikligi va 
umuman oquvchanligidan boshlab, to muhitdagi 
kuchlanish-deformatsiya jarayonlarining xususiyatlari, ularni turliligi va oʻrganish usullarigacha. 
Bular haqida maxsus tektonofizik adabiyotlarida 
M.V.Gzovskiy, M.A.Goncharov [4] va boshqa 
mualliflarning ilmiy asarlarida ma’lumotlar 
keltirilgan. 

Files

3_Geol muhit ruy ber defor tur va ular kel .pdf

Files (1.3 MB)

Name Size
md5:61e6013e2f4b8263f443b80efb3babc8
1.3 MB Preview Download

Additional details

Identifiers

ISSN
2010-5495

Dates

Issued
2025-12-22

References

  • 1. Умурзаков Р.А., Ходжаев А.К. Некоторые тер- минологические и методологические аспекты со- временных геотектонических и геодинамических исследований // VII-е Кудрявцевские Чтения / Все- росс. конф. по глубинному генезису нефти и газа. - М.: ЦГЭ, 2019. http://conference.deepoil.ru/images/ stories/ docs/7KR/theses/Umurzakov-Hodzhaev_ Theses.pdf.
  • 2. Умурзаков Р.А. О некоторых фундаментальных аспектах разработки геотектонической и геодина- мической основы сейсмологических исследований и изучения нефтегазоносности недр // Ўзбекистон Республикаси аҳолиси ва ҳудудининг сейсмик хавфсизлигини таъминлаш муаммолари. Республи- ка миқёсидаги илмий ва илмий-техник анжуман. - Т.: ЎзР ФА СИ, 2021. - 81-84 b.
  • 3. Энциклопедический словарь юного астро- нома. 2-е изд. доп и перераб. - М.: Педагогика, 1986. - 336 с.
  • 4. Гончаров М.А., Талицкий В.Г., Фролова Н.С. Введение в тектонофизику. Учебное пособие. - М.: КДУ, 2005. - 496 с.