Published July 16, 2025 | Version v1
Book Open

O'zbek tili tarixi. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili); 602310300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan darslik.

Authors/Creators

  • 1. ROR icon Bukhara State University

Description

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik orzu-intilishlari, dard-u armonlari, zafarlari bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbek tilining jozibasi momolarimiz allasi, maqomlarimiz, ertak va afsonalarimiz, roman-u  dostonlarimizning  sehrli satrlarida,  jiloli  ohanglarida aks etgan. Tarixga nazar solsak, buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytgan hamda nodir ma'naviy meros, qadriyatlarimizga asos solganligiga guvoh boʻlamiz.

“O‘zbek tili tarixi (grammatika)” fani turkiy tillarning qadimgi taraqqiyot bosqichlarini, ularning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek tilining shakllanish tarixini ilmiy-nazariy asosda tushuntirib beradi. Ushbu fan talabalarda qadimgi yozma yodgorliklar tili, xususan “O‘rxun-Enasoy bitiglari”, “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, Mahmud Qoshg‘ariy asarlari tili asosida turkiy tillar va o‘zbek tilining tarixiy grammatikasi haqida tasavvur hosil qiladi.

Fan doirasida qadimgi turkiy tilning morfologik tizimi, ot, fe’l, sifat, son va boshqa so‘z turkumlarining o‘ziga xos shakllari, ularning o‘zgarish qonuniyatlari, shuningdek, sintaktik tuzilmalarning rivoji tahlil qilinadi. Talabalarga o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, grammatik shakllarning evolyutsiyasi hamda zamonaviy til bilan tarixiy til o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Shuningdek, “Oʻzbеk tili tаriхi” fаni oʻzbеk аdаbiy tili tаriхini dаvrlаshtirish mаsаlаsi, eski oʻzbеk аdаbiy tili fоnеtikаsi, eski oʻzbеk аdаbiy tili mоrfоlоgik strukturаsining tаrаqqiyot bоsqichlаri, mustаqil  vа yordаmchi  soʻz turkumlаri, sintаksis, soʻz birikmаlаri turlаri, izоfа vа uning koʻrinishlаri, gаp boʻlаklаri, gаp boʻlаklаrining uyushish hоdisаsi, sоddа gаp turlаri, аjrаtilgаn boʻlаklаrning ishlаtilishi, undаlmа, kirish, qoʻshmа gаp, qoʻshmа gаp turlаri, koʻchirmа vа oʻzlаshtirmа gаplаr singаri soʻz, kirish birikmаlаr  vа kirish  gаplаrning yozmа mаnbаlаrdаgi oʻrni mаsаlаlаrni oʻz ichigа оlаdi.

Darslik yuqorida belgilangan barcha masalalar asosida tuzilgan boʻlib, mavzuga doir matnlar,  badiiy va ilmiy asarlardan olingan misollar bilan boyitilgan.

 

Files

o`ZBEK TILI TARIXI. SAMANDAROVA G. TITUL BN.pdf

Files (1.9 MB)

Name Size
md5:ee04266344903d2f5578efc46a40852a
1.9 MB Preview Download