BESHIKKERTTI LEKSEMASINING ASSOTSIATIV MAYDONDAGI TAHLILI
Authors/Creators
Description
Maqolada til birliklarining o‘zaro assotsiativ aloqa-bog‘lanishlari, ularning grammatik, semantik munosabatlari beshik, beshikkertti so‘zlari misolida tahlilga tortilgan. Bu
so‘zlarning assotsiativ maydonida keladigan til birliklari lug‘aviy ma’nosini ochib berishga xizmat qilgan, izohli lug‘atlarda keltirilmagan ma’no qirralariga ham aniqlik kiritilgan. Beshikkerti so‘zining assotsiativ maydondagi konnotativ ma’nolari til egalarining so‘z anglatgan predmet, belgi, xatti-harakat, voqea hodisaga bahosini ifodalovchi assotsiatsiyalari sifatida o‘rganilib, uning ijobiy va salbiy xarakterdagi assotsiatsiyalari aniqlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, bugungi davr til egalarining beshikkertti odatiga
bo‘lgan munosabatida ijobiy yondashuvga nisbatan salbiy qarash kuchli ekani misollar yordamida dalillangan. Shuningdek, assotsiativ maydon nafaqat tildagi assotsiativ aloqa-bog‘lanishlarni, so‘zlar orasidagi grammatik-semantik munosabatni, shuningdek, til egalarining dunyoni qanday idrok etishi, tafakkuri, leksik zaxirasi, milliy-madaniy qarashlarini o‘rganishda ham muhim o‘rin tutishiga e’tibor qaratilgan.