RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DASTURIY INJINIRING TALABALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Raqamli ta’lim texnologiyalari asosida dasturiy injiniring yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida dasturiy ta’minot muhandislarini tayyorlash jarayonida raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, loyiha asosida o‘qitish va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ta’lim muhitining talabalarda dasturlash ko‘nikmalari, algoritmik fikrlash, jamoada ishlash, mustaqil ta’lim olish va muammolarni yechish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash dasturiy injiniring talabalarining kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.