MAHALLA–OILA–MAKTAB HAMKORLIGI ASOSIDA O'QUVCHI-YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada mahalla, oila va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlarda ekologik ong, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish masalalari yoritiladi. Bugungi kunda ekologik muammolarning kuchayib borishi yosh avlodda tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va sog‘lom ekologik muhitni saqlashga doir bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etmoqda. Maqolada ekologik tarbiyani samarali tashkil etishda maktab ta’limi, oilaviy tarbiya hamda mahalla institutining o‘zaro hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarda ekologik muammolarni anglash, ularning oldini olish va bartaraf etishda amaliy faoliyat, targ‘ibot ishlari, ekologik tadbirlar va jamoatchilik nazoratining ahamiyati asoslab beriladi.