Published June 30, 2026 | Version v1

JAK INGIBITORLARI: TA'SIR MEXANIZMI, FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY KLINIK QO'LLANILISHI

Description

Janus kinaza (JAK) ingibitorlari autoimmun va surunkali yallig‘lanish 
kasalliklarini davolashda qo‘llanilayotgan zamonaviy dori vositalari guruhlaridan biri 
hisoblanadi. Ushbu preparatlar hujayra ichidagi JAK–STAT signal uzatish yo‘lini selektiv 
ravishda bloklash orqali sitokinlar ta’sirini kamaytiradi hamda yallig‘lanish jarayonini 
nazorat qiladi. Mazkur maqolada JAK ingibitorlarining ta’sir mexanizmi, farmakodinamik 
va farmakokinetik xususiyatlari, klinik qo‘llanilishi, nojo‘ya ta’sirlari hamda zamonaviy 
farmakoterapiyadagi o‘rni ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, turli avlod 
JAK ingibitorlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning samaradorligi va xavfsizlik profili 
yoritilib, kelgusidagi ilmiy izlanishlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tahlil 
natijalari JAK ingibitorlari ko‘plab autoimmun kasalliklarda samarali terapevtik vosita 
ekanligini, biroq ularni qo‘llashda bemorning individual xususiyatlari va ehtimoliy nojo‘ya 
ta’sirlarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Files

Shodiyev Murodali Erkinovich taaaaaa.pdf

Files (604.6 kB)

Name Size Download all
md5:d0d5b58a8a4ffa6aaf69ac8a00174495
604.6 kB Preview Download