Published June 30, 2026 | Version v1

BIOLOGIK NAMUNALARDA ZAHARLI MODDALARNI ANIQLASHNING ZAMONAVIY ANALITIK USULLARI: TOKSIKOLOGIK KIMYODA QO'LLANILISHI VA ISTIQBOLLARI

Description

Zamonaviy toksikologik kimyoda biologik namunalarda zaharli 
moddalarni aniqlash inson salomatligini muhofaza qilish, zaharlanish holatlariga tezkor 
tashxis qo‘yish hamda sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarini ishonchli dalillar bilan 
ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Biologik obyektlar tarkibida toksik moddalar ko‘pincha 
juda past konsentratsiyalarda uchrashi sababli yuqori sezgirlik, selektivlik va aniqlikka 
ega analitik usullardan foydalanish talab etiladi. Mazkur maqolada toksikologik kimyoda 
keng qo‘llanilayotgan gaz xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, 
xromatografiya-mass-spektrometriya, atom-absorbsiya spektrometriyasi, induktiv 
bog‘langan plazmali mass-spektrometriya hamda immunokimyoviy tahlil usullarining 
imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, biologik namunalarga dastlabki ishlov berish 
bosqichlari, analitik natijalarning ishonchliligiga ta'sir etuvchi omillar hamda laboratoriya 
diagnostikasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot 
natijalari toksikologik tahlilning samaradorligini oshirishda kompleks analitik yondashuv 
muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. 

Files

Shodiyev Murodali Erkinovich.pdf

Files (664.2 kB)

Name Size Download all
md5:85804976a972a963c426b7a71ac23cde
664.2 kB Preview Download