MAHALLA–OILA–MAKTAB HAMKORLIGI ASOSIDA O'QUVCHI-YOSHLARDA ZO'RAVONLIKKA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularda zo‘ravonlikka qarshi ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy va psixologik immunitetni shakllantirishda mahalla, oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli axborot muhiti sharoitida yoshlar turli salbiy ta’sirlar, kiberzo‘ravonlik, agressiv xulq-atvor, tengdoshlar bosimi va oilaviy muammolar bilan yuzma - yuzkel moqda. Shu sababli zo‘ravonlikning oldini olish faqat jazolash yoki nazorat qilish bilan emas, balki profilaktika, tarbiya, psixologik qo‘llab - quvvatlash, huquqiy savodxonlik va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish orqali amalga oshirilishi lozim. Maqolada mavjud muammolar, ularning sabablari hamda mahalla–oila–maktab hamkorligi asosidagi amaliy yechimlar yoritilgan.