ESHITISHIDA NUQSONI BО'LGAN BOLALAR SENSOR TARBIYASINING О'ZIGA XOSLIGI
Authors/Creators
Description
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’limida alohida yondashish jarayoni tо‘laqonli ta’lim va tarbiya shart-sharoitlarini yaratish va har bir bolaning psixofizik xususiyatlarini inobatga olishni talab qiladi. Zamonaviy psixologik-pedagogik yordamga kompleks nuqsonli bolalar aynan ruxiy rivojlanishi sustlashgan kar bolalar muxtoj bо‘ladi. Kompleks nuqsonli bolalarni о‘qitish jarayonining mazmuni shaxs va bilish jarayonlarini о‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil qilinadi. (G.P.Bertin, N.Y.Donskaya, T.V.Rozanova, M.F.Titova va boshqalar).