Published June 27, 2026 | Version v1

BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQQA TORTISH NISBATI: ULARNI OPTIMALLASHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Description

Mazkur maqolada bevosita va bilvosita soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi funksional o‘rni hamda milliy soliq tizimida ushbu soliqlar o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash masalalari tadqiq etilgan. Bevosita soliqlar tarkibiga yuridik shaxslar foyda solig‘i, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk va yer soliqlari kiritilib, ularning soliq to‘lovchilarning daromadi, foydasi va mulkiy holatiga bevosita bog‘liqligi yoritilgan. Bilvosita soliqlar sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i hamda bojxona to‘lovlarining mahsulot va xizmatlar narxi orqali yakuniy iste’molchi zimmasiga yuklanish xususiyatlari tahlil qilingan.

Tadqiqotda bevosita soliqlar iqtisodiy va ijtimoiy adolatni ta’minlash, yuqori daromadli subyektlarning budjet oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda daromadlar tengsizligini yumshatish imkonini berishi asoslab berilgan. Bilvosita soliqlar esa soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash, ularni undirish mexanizmini soddalashtirish va budjet daromadlarini tezkor shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, bilvosita soliqlarning haddan tashqari yuqori ulushi iste’mol tovarlari va xizmatlar narxining oshishiga, ayniqsa, kam daromadli aholi qatlamlari uchun soliq yukining nisbatan og‘irlashishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

Files

1017-1028.pdf

Files (702.3 kB)

Name Size Download all
md5:54079973c95dc24408aae0e14423936c
702.3 kB Preview Download