Muzeylarning ilmiy konsepsiyasi va menejmenti: muzey faoliyatini tashkil etishda muvofiqlik masalalari
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: Maqolada muzey ilmiy konsepsiyasi va muzey menejmenti o‘rtasidagi aloqadorlik, hamda muzey ishini tashkil etishda ularning uyg‘unligi masalalari tahlil etiladi. Tadqiqotni amalga oshirishda asosan xorij muzeylaridagi muzey ishi yo‘nalishlari hamda muzeyshunoslarning muzey menejmentiga oid ilmiy ishlariga tayanildi. Tahlillar asosida muzey menejmenti uchun konsepsiyada belgilangan tamoyillarning muhimligi ta’kidlangan holda, ba’zi muzeylar faoliyati misolida boshqaruvdagi kamchiliklar ko‘rib chiqiladi. Jumladan, muzey qurilishi va ta’mirlanishi masalalari, muzey ekspozitsiyasining shakllanishi, hamda eksponatlar haqidagi ma’lumotlarning yetkazilishi ilmiy konsepsiyaga har doim ham muvofiq kelmasligi masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari sifatida muzey ilmiy konsepsiyasiga mos holda faoliyatni yo‘lga qo‘ymaslikning oqibatlari turli misollar yordamida ko‘rsatib beriladi hamda muzey ishini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish uchun takliflar beriladi.