Muzey pedagogikasining shakllanishida konsepsiyaviy yondashuvlar
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: Ushbu maqola muzey pedagogikasining konsepsiyaviy asoslarini shakllantirishda muzey ilmiy konsepsiyasi rolini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi muzey pedagogikasi metodologiyasini ishlab chiqishda har bir muzeyning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ilmiy konsepsiyalarni yaratish va ular asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tahlil qilishdir. Maqolada fanlararo yondashuv orqali muzeyshunoslik, pedagogika, psixologiya va tarix fanlaridan olingan ma’lumotlar qiyosiy va tanqidiy tahlil qilindi. Muzey pedagogikasiga oid mavjud ilmiy ishlarni o‘rganish natijasida muzey konsepsiyasining ta’limiy faoliyatni rivojlantirishdagi samarali jihatlari aniqlandi. Tadqiqotda har bir muzeyning o‘ziga xos ilmiy konsepsiyasi mavjud bo‘lishi va konsepsiya asosida muzey ishi yuritilishi muzey pedagogik faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi isbotlandi. Maqola yakunida muzey xodimlari, pedagoglar hamda muzeyshunos mutaxassislar uchun foydali ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalar o‘rin olgan.