QURILISH MATERIALLARI SANOATIDA STRATEGIK LOYIHALAR PORTFELINI SAMARALI BOSHQARISH MODELI
Authors/Creators
Description
Global iqtisodiyotda raqobatning kuchayishi, sanoat ishlab chiqarishining raqamli transformatsiyasi va barqaror rivojlanish tamoyillarining keng joriy etilishi korxonalar oldiga strategik boshqaruv tizimlarini takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Ayniqsa, qurilish materiallari sanoati mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida investitsion faollik, infratuzilma rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonlarining asosiy drayverlaridan hisoblanadi. Ushbu tarmoqning samarali rivojlanishi ko‘p jihatdan korxonalarda amalga oshirilayotgan investitsion, innovatsion va modernizatsion loyihalarning natijadorligiga bog‘liq [1].