Published June 26, 2026 | Version v1
Book Open

PEDAGOGIK MAHORAT

Authors/Creators

  • 1. ROR icon Andijon Davlat Pedagogika instituti

Description

Mamlakatimiz taraqqiyotining ko‘p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim
tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim tarbiya sohasida sezilarli
sifat o‘zgarishlari qilinib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda bo‘ladi.
Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan sifat o‘zgarishlarining
mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorda barkamol avlod
tarbiyasi va kasbiy mahoratini avvalo ta’lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy
e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora
tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan qarorga muvofiq “oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rib
chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida: pedagog kadrlarning kasb
mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy
xodimlarning malakasini oshirish; oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini
oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va
insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini singdirish, ularda yot g‘oya va
mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash
bo‘yichakeng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish” 1 masalasi dolzarb
masalalardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan
o‘qituvchining ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati,
savodxonligi, yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi.

Files

ped mahorat qo'llanma 26.11.2025 (2).pdf

Files (3.6 MB)

Name Size Download all
md5:773a62fedd3061301409ec122db5ccf3
3.6 MB Preview Download