Published June 24, 2026 | Version v1

KASALLIK DINAMIKASINI MONITORING QILISHDA ALBUMIN VA KOMPOZIT INDEKSLARNING DIAGNOSTIK VA PROGNOSTIK QIYMATI

Description

Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan 
bemorlarda albumin va uning asosida shakllantirilgan kompozit indekslarning klinik 
ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqot davomida umumiy qon tahlili va zardob albumini 
ko‘rsatkichlari asosida hisoblangan indekslarning davolash jarayonidagi dinamikasi 
baholandi. Natijalarga ko‘ra, davolash yakunida albumin va PNI ko‘rsatkichlarining 
yaxshilanishi hamda SII ko‘rsatkichining pasayishi bemorlarda yallig‘lanish faolligining 
kamayishi va metabolik holatning tiklanishini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan Dinamik Komposit 
Indeks (DRCI) metabolik o‘zgarishlar bilan kuchli bog‘liqlik namoyon etib, davolash 
samaradorligini baholash va kasallik kechishini prognozlashda yuqori informativlikka ega 
ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar albumin va kompozit indekslar yurak-qon tomir 
kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning holatini monitoring qilish hamda klinik natijalarni 
prognozlashda samarali biomarkerlar sifatida qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Files

Marufxanov Xamid Maxmudovich .pdf

Files (1.1 MB)

Name Size Download all
md5:ac666794b4bba50c915ea3ffc0d1b251
1.1 MB Preview Download