Published May 30, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTONDA "YASHIL" IQTISODIYOTNING O'RNI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI

  • 1. O'zMU Jizzax filiali Iqtisod yo'nalishi talabasi

Description

O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotning o‘rni va uni rivojlantirish mavzusi ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni birlashtirishga qaratilgan muhim jarayondir. Yashil iqtisodiyot resurslarni tejash, energiya samaradorligini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish orqali iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, chiqindilarni kamaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish kabi sohalarda katta o'zgarishlar kiritishni talab qiladi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi. Maqola, shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelajakda yuzaga keladigan imkoniyatlar va muammolarni ham o‘rganadi.

Files

O‘ZBEKISTONDA “YASHIL” IQTISODIYOTNING O‘RNI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI.pdf