Published June 20, 2026 | Version v1

MURAKKAB TIZIMLARDA ALGORITMIK QAROR QABUL QILISHNI TAKOMILLASHTIRISHDA MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI OPTIMALLASHTIRISH ALGORITMLARINING SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Description

Ushbu maqolada murakkab tizimlarda algoritmik qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish muammosi stoxastik graf modeli va sun'iy intellekt asosidagi optimallashtirish yondashuvlari orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda G = (V, E, W, P) stoxastik graf modeli asosida tizim elementlari, ularning oʻzaro bogʻliqliklari, xarajat va ehtimollik parametrlari birgalikda modellashtirilib, koʻp mezonli maqsad funksiyasi sifatida F(x) = αC(x) − βR(x) shakli qoʻllaniladi. Taklif etilgan gibrid optimallashtirish algoritmi an'anaviy Dijkstra algoritmi va mustahkamlovchi oʻrganish (Reinforcement Learning) usullarini birlashtiradi. Simulyatsion tajribalarda 50 dan 1000 tugunga ega boʻlgan tizimlar uchun qaror qabul qilish tezligi oʻrtacha 44,6% ga oshganligi, ishonchlilik koʻrsatkichi esa 0,71 dan 0,93 ga yetganligi aniqlandi. Natijalar taklif etilgan yondashuv murakkab tizimlarda qaror qabul qilish samaradorligini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi.

Files

3(9).pdf

Files (325.1 kB)

Name Size
md5:c206965624f0724e5332049641535b64
325.1 kB Preview Download