PAST BOSIMLI VA OQUVCHI SUV MANBALARIDA ISHLAYDIGAN MIKRO GES SUV G'ILDIRAGINING GEOMETRIK VA EKSPLUATATSION PARAMETRLARINI MAQBULLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Mazkur tadqiqotda past bosimli va ochiq kanalli gidrologik manbalar sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi mikro gidroelektr stansiyalar (mikro GES) uchun gidroenergetik suv g‘ildiraklarining geometrik va ekspluatatsion parametrlarini optimallashtirish masalasi raqamli modellashtirish asosida tadqiq etilgan. Ishchi g‘ildirak diametri, kuraklar soni hamda ularning oqimga nisbatan joylashish burchaklarining turbina foydali ish koeffitsiyentiga (FIK) ta’siri fundamental gidrodinamika qonuniyatlari asosida tahlil qilindi. COMSOL Multiphysics dasturiy majmuasi yordamida ikki fazali (suv va havo) muhit uchun Navye-Stoks tenglamalari Level Set usuli bilan birgalikda integratsiya qilingan holda yechildi. Aniqlangan maqbul geometrik ko‘rsatkichlar va dinamik bosim hamda kuch momentlarining vaqt bo‘yicha taqsimoti grafik va jadvallar ko‘rinishida umumlashtirildi. Olingan natijalar mikro gidroenergetik qurilmalarning energetik samaradorligini va gidrodinamik barqarorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.