Published June 19, 2026 | Version v1

MINTAQAVIY KLASTER SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION INFRATUZILMANING ROLI: XALQARO TAJRIBA VA MAHALLIY IMKONIYATLAR

Description

Mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida 
hududlarning raqobatbardoshligi an’anaviy ishlab chiqarish omillari bilan emas, balki innovatsion faollik va bilimlar iqtisodiyoti bilan belgilanadi. Ushbu maqolada mintaqaviy 
klaster siyosati samaradorligini oshirishda innovatsion infratuzilmaning tutgan o‘rni tahlil 
qilinadi. Tadqiqot doirasida Yevropa Ittifoqining "Aqlli ixtisoslashuv" (Smart 
Specialization - S3) strategiyasi asosida hududiy klasterlarni rivojlantirishning xalqaro 
tajribasi o‘rganilgan. Olingan nazariy va amaliy xulosalar asosida, ushbu modelni 
O‘zbekiston Respublikasi, xususan, Xorazm viloyati iqtisodiyotiga tatbiq etish 
imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Viloyatdagi mavjud agrosanoat va paxta-to‘qimachilik 
klasterlarining texnologik ehtiyojlarini qondirish hamda ularning eksport salohiyatini 
oshirish maqsadida, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarishni bog‘lovchi 
innovatsion ekotizimni (texnoparklar, R&D markazlari, ixtisoslashgan laboratoriyalar) 
shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.

Files

Erkinboyeva Madinabonu Hamro qizi 2.pdf

Files (772.7 kB)

Name Size Download all
md5:c6788a08b66a17c0026db8e9109dee96
772.7 kB Preview Download