QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING INVESTITSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH: SIRDARYO VILOYATI TAJRIBASI ASOSIDA
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish, tarmoqni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va institutsional to‘siqlarni bartaraf etish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida tranzaksion xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan “Agro-R&D xab” davlat-xususiy sheriklik modeli hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yakuniy natijaga asoslangan differensial subsidiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan. Sirdaryo viloyati ma’lumotlari asosida Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasining modifikatsiyalangan ekonometrik modeli yordamida tarmoqning istiqboldagi investitsion ehtiyojlari prognoz qilingan.