ECHINOKOKKOZNING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI VA OLDINI OLISH CHORALARI
Authors/Creators
Description
Echinokokkoz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan
O‘zbekistonda ham uchraydigan xavfli parazitar kasalliklardan biri hisoblanadi.
Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Echinococcus granulosus va Echinococcus multilocularis
tasmasimon gelmintlari bo‘lib, ular inson organizmida turli a’zolarda kistalar hosil qiladi.
Ushbu maqolada echinokokkozning epidemiologik xususiyatlari, inson salomatligiga
ta’siri, kasallikning klinik kechishi, diagnostikasi va profilaktikasi masalalari tahlil qilindi.
Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar, epidemiologik ma’lumotlar hamda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari o‘rganildi. Tahlillar echinokokkozning nafaqat
tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega kasallik ekanligini ko‘rsatdi. Kasallikning
oldini olishda veterinariya nazorati, sanitariya-gigiyena tadbirlari va aholi o‘rtasida
profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhim o‘rin tutadi.
Files
Maxmudova Lola Baxramovna.pdf
Files
(623.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:e2e5611bc4b618409be15234e58f31f1
|
623.9 kB | Preview Download |