BO'LAJAK TARIX O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV METODIK TIZIMNI TATBIQ ETISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI VA BOSQICHLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvga asoslangan metodik tizimni amalga oshirish bosqichlarining ilmiy-nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Maqolada kasbiy kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli hamda refleksiv komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan integrativ metodik tizimning mazmuni ochib berilgan. Metodik tizimni amalga oshirishning diagnostik-tahliliy, loyihalash-konstruktiv, amaliy-texnologik, refleksiv-korreksion va baholash-natijaviy bosqichlari tavsiflanib, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, integrativ yondashuvning fanlararo aloqalarni kuchaytirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, innovatsion pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash hamda talabalarning kasbiy kompetentligini kompleks rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan.