QURILISH MAHSULOTLARINING RAQOBATBARDOSHLIGI: NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish sohasidagi raqobatning ahamiyati, qonunchilik bazasi va bozor tuzilmasi o'rganiladi. Maqolada raqobatbardoshlik tushunchasiga turli yondashuvlar, qurilish mahsulotlarining o'ziga xos xususiyatlari (yakka tartibdagi ishlab chiqarish, kapital qurilish obyektlarining tugallanmagan holati, ulushli qurilish mexanizmlari) hamda texnik-iqtisodiy, tijorat va huquqiy omillarning ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijasida qurilish mahsulotlari raqobatbardoshligining mualliflik ta’rifi taklif qilinadi va sohani rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola qurilish iqtisodiyoti, marketing va bozor tahlili sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun mo‘ljallangan.