Published June 13, 2026 | Version v1
Journal article Open

SOLIQ YUKI: UNING DARAJASINI BAHOLASH VA PASAYTIRISH MUAMMOLARI

Description

Mazkur maqolada soliq yukining iqtisodiy mohiyati, uning davlat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi faoliyatiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Soliq yukining darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, soliq tushumlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati, korxonalarning daromadi va foydasiga nisbatan to‘lanadigan soliqlar ulushi hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tahlil qilingan.

Shuningdek, soliq yukining yuqori darajada bo‘lishi natijasida tadbirkorlik faolligining pasayishi, korxonalar moliyaviy barqarorligining zaiflashishi, investitsion loyihalarning qisqarishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi va yashirin iqtisodiyot ulushining kengayishi kabi muammolar ko‘rib chiqilgan.

Maqolada soliq yukini pasaytirish faqat soliq stavkalarini kamaytirish bilan cheklanmasligi, balki soliq bazasini kengaytirish, soliq ma’murchiligini soddalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, soliq imtiyozlarining samaradorligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarga teng va adolatli sharoit yaratish orqali amalga oshirilishi lozimligi asoslangan.

Tadqiqot natijalari asosida soliq yukini maqbullashtirish, biznes muhitini yaxshilash, investitsion faollikni rag‘batlantirish va davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

599-611.pdf

Files (705.7 kB)

Name Size Download all
md5:f32ca0c02e0b755081afacc9a5afe83e
705.7 kB Preview Download