Talabalarda oilaviy budjetni boshqarish kompetensiyalarini rivojlantirishda loyiha ta'limining o'rni
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda
loyiha ta’limi texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Unda loyiha ta’limining tarixiy shakllanishi,
nazariy asoslari hamda ta’lim oluvchilarning amaliy, ijodiy va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil
qilingan. Shuningdek, talabalarni kichik guruhlarda ishlashga, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishga, oilaviy budjet, tejamkorlik
va tadbirkorlikka oid loyihalarni ishlab chiqishga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda “Tejamkor oila” va
“Oilaviy startap” texnologiyalari asosida talabalarning iqtisodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari hamda
amaliy kompetensiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan