Published June 13, 2026 | Version v1
Journal article Open

A SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS OF THE INTEGRATIVE FUNCTION OF NATIONAL AND UNIVERSAL VALUES IN YOUTH WORLDVIEW DEVELOPMENT

Description

Globallashuv va ijtimoiy-madaniy transformatsiyalar jadallashayotgan hozirgi davrda yoshlar dunyoqarashini shakllantirish masalasi ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolaning maqsadi yoshlar dunyoqarashini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning integrativ funksiyasini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida ijtimoiy-falsafiy tahlil, qiyosiy tahlil hamda mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi yoshlarning muvozanatli dunyoqarashini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ushbu qadriyatlarning integratsiyasi yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti va ijtimoiy faolligini ta’minlovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya tizimida qadriyatlarga asoslangan yondashuvlarni takomillashtirish zarurligini asoslaydi.

Xulosa sifatida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning integrativ ta’siri yoshlarning intellektual, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishining muhim konseptual asosi ekanligi ta’kidlanadi.

Files

532-537.pdf

Files (549.8 kB)

Name Size Download all
md5:c246e0ca59793ce794194b43055814ef
549.8 kB Preview Download