Published June 13, 2026 | Version v1
Journal article Open

SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZA LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK HOLATI VA RAYONLASHTIRISH MASALALARI

Authors/Creators

  • 1. Qo'qon universiteti

Description

Ushbu maqolada Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftlarining geoekologik holati, ularga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar hamda geoekologik rayonlashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida daryo havzasi hududining relyefi, iqlimi, tuproq qoplami, gidrologik sharoiti va landshaft tuzilishining geoekologik xususiyatlari o'rganilgan. Geoekologik rayonlashtirishning genetik bir xillik, hududiy yaxlitlik, komplekslik va antropogen tamoyillari asosida Shohimardonsoy daryo havzasi uchta geoekologik kichik rayonga ajratilgan. Har bir rayonning tabiiy-geografik sharoiti, ekologik holati va antropogen o'zgarishlari baholangan. Tadqiqot natijalari hududda sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi, yer resurslaridan intensiv foydalanish, sanoat korxonalari va boshqa antropogen omillar ta'sirida geoekologik vaziyatning murakkablashib borayotganligini ko'rsatdi. Olingan natijalar daryo havzasi landshaftlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda hududning barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Original journal page: https://cajii.com/index.php/cajii/article/view/35

Notes

Archived automatically from OJS.

Files

SHOHIMARDONSOY_DARYO_HAVZA_LANDSHAFTLARINING_GEOEKOLOGIK_HOLATI_VA_RAYONLASHTIRISH_MASALALARI.pdf

Additional details