Published June 12, 2026 | Version v1

TURKISTONDA JADIDLARNING DAVLAT BOSHQARUV G'OYALARI VA DASTLABKI SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI

Description

Ushbu maqolada Turkistonda jadidlarning davlat boshqaruvi haqidagi ilg‘or g‘oyalari hamda XX asr boshlarida shakllangan dastlabki siyosiy partiyalar faoliyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasida milliy uyg‘onish, ijtimoiy-siyosiy islohotlar va zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan muhim tarixiy jarayon sifatida namoyon bo‘lgan. Shuningdek, maqolada Turkistonda siyosiy ongning shakllanishi jarayonida vujudga kelgan dastlabki siyosiy tashkilotlar va partiyalarning faoliyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashdagi roli keng tahlil qilinadi. Jadidlarning siyosiy faoliyati nafaqat ma’rifiy harakat doirasida, balki davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirishga qaratilgan dastlabki siyosiy tajribalar sifatida ham baholanadi. Mavzuni yoritishda ushbu sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.

Files

142-152.pdf

Files (371.5 kB)

Name Size
md5:99921566e69159193f42ebcced7a9b71
371.5 kB Preview Download